bannerbanner
logo
Войти
добавлено
Скачать книгу Tom Soyerning boshidan kechirganlariТекст
Добавить В библиотеку
Добавить отзывДобавить цитату

Tom Soyerning boshidan kechirganlari

Язык: uz
Тип: Текст
Год издания: 2023

Полная версия

– Tom! Hech kim javob bermadi. – Tom! Hech kim javob bermadi. – Qayoqqa gumdon bo‘ldi ekan bu tirmizak?.. Tom! Kampir ko‘zoynagini burniga tushirib, uning ustidan butun uyni ko‘zdan kechirib chiqdi; so‘ngra ko‘zoynagini peshonasiga ko‘tarib qo‘ydi-da, uning tagidan qaray boshladi. U, bolaga o‘xshagan kichik bir narsani qidirishga to‘g‘ri kelganda, hech vaqt ko‘zoynagi bilan qaramas edi, chunki bu, qalbidan sevgan birdan bir takallufli ko‘zoynagi bo‘lib, u chinakam zaruratdan emas, balki «olifta» ko‘rinish uchungina taqilar edi. Kampir pechkaning mo‘risidan ham xuddi shu taxlitda mo‘ralay olar edi. Dastlabki daqiqada u go‘yo hovliqib qolganday bo‘ldi va unchalik jahl bilan aytmasa ham qattiq ovoz bilan: – Shoshma, qo‘limga tushib qolarsan, men seni…– deb qo‘ydi.

Читать онлайн «Tom Soyerning boshidan kechirganlari»

Отзывы о книге «Tom Soyerning boshidan kechirganlari»

Добавить комментарий

Другие книги автора:

Популярные книги